
Xabaringiz bor, ertaga tongda professional bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShda jang o‘tkazadi.
Unda hamyurtimizga meksikalik Abdiyel Ramires raqiblik qiladi. Avvalroq, mazkur jang "Match TV" telekanali orqali namoyish etilishi haqida xabar qilgandik.
Olamsport.com saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu jang MTRKning "Sport" telekanali orqali ham jonli efirda namoyish etiladi. Telekanal tomonidan tayyorlangan rolikda translyatsiya soat 06:00 da boshlanishi haqida ma’lum qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar