Coca Cola Superligasi 18-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - AGMK uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.
– O‘zbekiston ahlini yaqinlashayotgan mustaqallik bayrami bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, shunday qiyin o‘tishi bilgandik. Sababi, raqibimiz tarkibida tajribali futbolchilar harakat qilishadi. Bahs qiyin o‘tdi. Ularda ham bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. Lekin, oxirigacha kurashib g‘alabaga erishdik.
– Jamoa kuchli uchlikka kirish imkoniyatini saqlab turibdi. Nima deb o‘ylaysiz klub buni uddalay oladimi?
– Biz barchasiga bosqichma-bosqich o‘tmoqdamiz. Har bir o‘yinga yaxshi tayyorgarlik bilan, raqiblarni xurmat qilgan holda tushmoqdamiz. G‘alaba uchun o‘ynashga intilyapmiz.
– «So‘g‘diyona» asosan minimal 1:0 hisoblari bilan zafar quchib, vazifani maksimal uddalamoqda. Buni qanday izohlaysiz?
– Agar o‘tgan o‘yinni oladigan bo‘lsak, 90+ daqiqalarda urilgan gol tufayli «Bunyodkor»ga yutqazdik va ularga Kubok hamda chempionatda omad tiladik. Bugun esa oxirgi daqiqalarda gol urib, muvaffaqiyat qozondik. Bu futbol, kim vaziyatlarni ijobiy yakunlasa o‘sha g‘alaba qozonadi, deya so‘zlarini yakunlagan murabbiy.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi