
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqadigan Shahram G‘iyosov bugun, 29 avgust kuni Toshkentga qaytib keldi. Moskva-Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan Shahramni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olishdi.

Bokschining oila a’zolari, muxlislar va OAV xodimlari tomonidan kutib olingan bokschi 25 avgust kuni himoya qilgan chempionlik kamarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlashini aytdi. Shahram 25 avgust kuni Meksikada kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni 1-raundning 30-soniyasidayoq nokautga uchratib, WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Shahram G‘iyosovToshkent aeroportiBokschi kutib olishdiWBA InternationalChempionlik kamariniMustaqillik yilligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar