
O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5KO) 13 sentyabr kuni Nyu-Yorkda WBA chempionlik kamari uchun AQSh vakili, ushbu yo‘nalishdagi chempionlik kamari soxibi Daniel Romanga qarshi jang o‘tkazadi.
Bo‘lajak jang arafasida bokschimizga antidoping agentligidan xat keldi. Bu haqda Ahmadaliyev o‘zining "Instagram" sahifasi orqali ma’lum qildi. Postga ilova sifatida bokschimizning qon tahlillari salbiy natija berganligi borasidagi xat ko‘rsatilgan.

"Adashmasam, bu mening o‘ttizinchi bor topshirgan doping-test sinovlarimdir. Ishonch bilan aytama olamanki, men doim toza boks tarafdori bo‘lganman. Umid qilamanki, raqibim Daniel Roman ham bahonalar qidirmay, haqiqiy chempion kabi test sinovlarini topshirishga rozi bo‘ladi", - deb yozadi Ahmadaliyev o‘zining sahifasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar