Foto: O‘FA matbuot xizmati
Qit’amizda Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start olish arafasida turibdi.
Saralash bahslarining «D» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faisal Al-Husseini» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust — 3 sentyabr kunlari oralig‘ida poytaxtimizda yig‘in o‘tkazdi.
Bugun soat 16:05da terma jamoamiz Toshkent — Tel Aviv yo‘nalishida parvoz qildi.
Terma jamoamiz bilan yo‘l oladigan futbolchilar:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Dinamo»).
Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Sharof Muhitdinov («Nasaf»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Davron Hoshimov («Lokomotiv»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK», Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu», Malayziya), Doston Ibragimov («Qizilqum»), Quvondiq Ro‘ziyev («Qo‘qon-1912»), Doston Hamdamov («Paxtakor»).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi