Falastin - O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Nuriddin Ould Ali va Solih Chixadex ishtirok etdi.
- Bizni ertaga muhim bahs kutyapti. Ertaga bo‘lib o‘tadigan o‘yin bilan jahon chempionati saraplash bosqichi ikkinchi raund bahslariga start beriladi. Ertangi bellashuvda ijobiy natija ko‘rsatib o‘z muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - deydi Nuriddin Ould Ali.
- Ertangi o‘yin biz uchun muhim, chunki birinchi bellashuvda ijobiy natija qayd etishni xohlaymiz. Lekin mabodo natija o‘xshamay qolsa, bundan xafa bo‘lish kerak emas, chunki oldimizda yana 7 ta o‘yin kutib turgan bo‘ladi. Ammo baribir har bir bahsda o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz, - dedi Solih Chixadex.
- Ertangi bahsga tayyorgarlik qay tarzda olib borildi?
- Biz iyul oyidan beri saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Faqat ertangi bahsni ko‘zlab hozirlik ko‘rganimiz yo‘q, balki xayolimizda saralashning butun sikli turibdi. Ertangi uchrashuv esa qay darajada hozirlik ko‘rganimizning ilk mevasi bo‘ladi.
- Qo‘l ostingizda kuchli futbolchilar jam bo‘ldi deb hisoblaysizmi?
- Tarkibimizda 15 nafar mahalliy yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, shuningdek olti nafar legioner bor. Barcha futbolchilarni kuchli va terma jamoaga mos deya olaman. Men uchun muhimi futbolchilarning terma jamoaga kelgandan keyin qanday o‘yin ko‘rsatishi va ko‘rsatmalarni qay darajada bajarishi.
Futbolchiga savol: O‘zbekiston terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlari nimada va ertangi o‘yindan qanday natija kutyapsiz?
Solih Chixadex: - Raqibning kuchli ekanini bilamiz, lekin bu jamoadan cho‘chiyotganimiz yo‘q. Ertaga o‘yinda maydonga tushib o‘zimizning bor kuchimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar falastinlik futbolchi Shvetsiya chempionatida o‘ynaydi. Lekin ularni yig‘inga taklif qilmagansiz. Bu nima bilan bog‘liq?
- Aytib o‘tganimdek, biz olti nafar xorijda to‘p tepayotgan futbolchini terma jamoaga taklif etdik va ularning harakatidan ko‘nglim to‘q. Endi har bir murabbiyning o‘z qarori bo‘ladi. Men kimni kuchli deb hisoblagan bo‘lsam, shularni chaqirdim.
Manba : championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi