Foto: Reuters
UFC’ning sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Moskvada rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovga qarshi revansh jang o‘tkazmoqchi. Bu haqda sportchi Tvitterdagi sahifasida yozgan.
“Menga Moskvada revansh tashkillashtiring”, deb yozgan Makgregor Nurmagomedovning amerikalik jangchi Dastin Pore ustidan g‘alabasidan keyinoq.
Biroq irlandiyalik ushbu postiga aksar mazaxona izohlar olgan. Foydalanuvchilar uning rossiyalikka qarshi oktagonda munosib qarshilik ko‘rsata olishiga shubha bildirishgan. Shuningdek, irlandiyalikka uning brendi ostida ishlab chiqariluvchi viskini ichishdan bosh tortgan keksa kishini urgani ham eslatib qo‘yilgan.
7 sentyabrda Nurmagomedov Abu-Dabidagi musobaqa doirasida Porega qarshi o‘tkazgan jangida o‘z kamarini ikkinchi marotaba himoyalay oldi. U raqibiga qarshi 3-raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, jangni muddatdan avval tugatgan. Rossiyalik sportchi kamarining birinchi himoyasini aynan Makgregorga qarshi jangda o‘tkazgan hamda raqibini 4-raundda mag‘lub eta olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi