APL. "Liverpul" o‘z maydonida irodali g‘alabaga erishdi (video)

APL. "Liverpul" o‘z maydonida irodali g‘alabaga erishdi (video)
APLning 5-turi doirasidagi "Liverpul" hamda "Nyukasl" klublari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Bahsning 7-daqiqasida kutilmaganda Yetro Villems juda chiroyli tarzda mezbon jamoa darvozasini ishg‘ol qildi, - 0:1. Goldan keyin Yurgen Klopp shogirdlari to‘p nazoratini to‘liq o‘z tomonlariga oldi va ketma-ket vaziyatlarni yuzaga keltira boshlashdi.

28-daqiqaga kelib "Liverpul" o‘z maqsadiga erishdi. Van Deyk - Roberston - Mane kombinatsiyasidan keyin senegallik hujumchi "Nyukasl" posboni qo‘riqlayotgan darvozasinin olis nuqtasini nishonga oldi, - 1:1. 40-daqiqaga kelib esa Mane uchrashuvdagi dublini rasmiylashtirdi. Firminoning uzatmasidan so‘ng Sadio "qizillar"ni hisobda oldinga olib chiqdi, - 2:1.

Ikkinchi bo‘limda "Liverpul" va "Nyukasl" ham vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi. Darvoqe, Firmino o‘yin avvalida zaxirada qolgan edi. Biroq Divok Origining jarohat tufayli Roberto maydonga tushirilgandi. 72-daqiqaga kelib braziliyalik hujumchining navbatdagi uzatmasidan so‘ng Muhammad Saloh chiroyli tarzda "Nyukasl" darvozasini ishg‘ol qildi, - 3:1. Shu tariqa o‘yin "qizillar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi va Klopp shogirdlari 15 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.

"Liverpul" - "Nyukasl" 3:1
Gollar:
S.Mane 28, 40, M.Salah 72 - Y.Villems 7.
"Liverpul": Adrian, Trent Aleksandr-Arnold, Joyel Matip, Virjil Van Deyk, Endryu Robertson, Fabino, Jorjino Veynaldum (Jerdan Shakiri, ), Aleks Oksleyd-Chemberlen (Jeyms Milner, 75), Sadio Mane, Muhammad Salah, Divok Origi (Roberto Firmino, 37).
"Nyukasl": Martin Dubravka, Emil Kraft (Mankillo, 67), Fabian Shar, Jamal Laskells, Pol Dammet, Yetro Villems, Isaak Xayden, Jonjo Shelvi, Kristian Atsu, Migel Almiron (Yoshinori Muto, 67), Joelinton.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar