
Bugun Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining yunon-rim kurashidagi vakillari, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Tasmuradov uchinchi o‘rin va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash davomida dastlab ekvadorlik Andres Montanoni, keyin moldovalik Viktor Siobanuni mag‘lub etdi.
Endi u kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jalgasbay Berdimuratov esa dastlab ukrainalik Volodimir Yakovliyevni, keyin litvalik Paulius Galkinasni yengdi va u ham kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U medal uchun qozog‘istonlik Asxat Dilmuhammedov bilan bellashadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari sonini 7taga yetkazdi.
Qayd etish kerakki, bu Tasmuradov uchun uchinchi Olimpiada yo‘llanmasidir. U 2012 yilda London va 2016 yilda Rio Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.
O‘zbekiston Terma JamoasiTokio OlimpiadasiElmurat TasmuradovJalgasbay BerdimuratovSport KurashlariJahon ChempionatiBronza Medali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar