Chorshanba oqshomida Chempionlar ligasining guruh bosqichi 1-turi doirasida yana 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Asosiy aktyorlarsiz katta o‘yin
A guruhi
«PSJ» — «Real»
«Bryugge» — «Galatasaroy»
Parijdagi o‘yin chorshanba oqshomining eng jarangdor o‘yinidir. Lekin bugun maydonda muxlislar istaganidek yulduzli tarkiblar harakatlanmaydi. «PSJ» YeChL starti arafasida hujum chizig‘ining asosiy futbolchilarisiz qoldi, Kilian Mbappe va Edinson Kavani jarohat oldi, Neymar esa o‘tgan mavsumda olingan diskvalifikatsiyasini o‘tamoqda. Seshanba kuni Neymarning diskvalifikatsiyasi 3tadan 2taga tushirilgani ma’lum bo‘ldi va u endi guruh bosqichining 3-turidan jamoasiga yordam berishga kirishishi mumkin.
«Real»da esa asosiy muammolar mudofaa chizig‘i bilan bog‘liq. Serxio Ramos va Nachoda diskvalifikatsiya bor, Zidan endi himoya markaziga Varan va jamoaning yangi himoyachisi Militaodan iborat juftlikni tushirishga majbur. Murabbiy maydon markazida ham muammolarga ega, Modrich, Asensio va Isko jarohatlar tufayli o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Bunday vaqtda hatto Xames Rodrigesga tayanish mumkin bo‘lib qoladi. Kolumbiyalik futbolchi yaqin oylar davomida jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib turishi kutilmoqda.
O‘zaro uchrashuvlar statistikasi mezbonlar foydasiga emas. O‘tkazilgan 7 o‘yinda «PSJ» faqat bir marta g‘alaba qozongan va bir marta durang o‘ynagan. Ammo «Real» mavsumni ishonchli boshlay olmaganidan kelib chiqib aytish mumkinki, fransuzlar o‘z maydonida birinchi marta madridliklarni yengish imkoniyatiga ega
«Olimpiakos» nima qila oladi?
V guruhi
«Olimpiakos» — «Tottenhem»
«Bavariya» — «Srvena Zvezda»
Bu guruhda ikkita yaqqol favorit bor: «Bavariya» va «Tottenhem». Lekin qolgan ikki jamoa ham guruh bosqichida sensatsiya ko‘rsata oladi.
Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumdagi finalchisi yevrokubokning yangi mavsumini «Olimpiakos»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Greklar klub mavsum startini ajoyib o‘tkazmoqda, bu jamoa YeChLning guruh bosqichiga chiqish yo‘lida «Viktoriya» (Plzen), «Istanbul» va «Krasnodar» klublari to‘sig‘idan o‘tdi. Bu jamoa tarkibida ispan qamoqxonasida 5 oy vaqt o‘tkazgach faoliyatini qayta tiklagan Ruben Semedu, «Sporting»dan ketgach o‘yini ochilgan Daniel Podense hamda ikkinchi yoshligini o‘tkazayotgan Mate Valbuena bor.
«Tottenhem» ikki yilda ilk marta yangi futbolchilar uchun mablag‘ sarfladi. Ammo Maurisio Pokettino hamon eski tarkibga ishonch bildirmoqda. Ammo u jurnalistlar bilan muloqotlarida kamida o‘tgan mavsumdagi natijani takrorlamoqchiligiga ishora qilmoqda.
«Manchester Siti» yaqqol favoritmi?
S guruhi
«Shaxtyor» — «Manchester Siti»
«Dinamo» Z — «Atalanta»
Guruh bosqichiga qur’a tashlanganidayoq hamma «MS» shubhasiz eng oson guruhga tushgani haqida gapirdi. Debyutant «Atalanta», o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etgan Zagreb va murabbiyni almashtirgan «Shaxtyor». Umumiy narxi bir milliard yevrodan oshadigan tarkib uchun misoli yengil sayr.
Ammo, Manchester osmoni ustida bulutlar paydo bo‘ldi. Dam olish kunlarida «Siti» Angliya chempionatida debyutant «Norvich»dan sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi (2:3). Bundan ma’lum bo‘lib qoldiki, Gvardiolaning futboli u qadar dahshatli emas, uni ham yengsa bo‘ladi. Nisbatan tajribali va yaxshiroq tarkibga ega bo‘lgan «Shaxtyor» nima uchun bu ishning uddasidan chiqmasligi kerak? Ha, ukrainlar klubida shu yozda murabbiy almashdi, ammo ular bu ishni mohirlik bilan amalga oshirishdi: bir talantli portugal Paulu Fonseki o‘rniga boshqasi keldi — Luish Kashtru. Shunday ekan, «shaharliklar» birinchi turga to‘g‘ri kelgan safar uchrashuvida chindan guruh favoriti ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi. Bu o‘yinda inglizlarning oson g‘alabasi kafolatlanmagani aniq.
Ronaldu va Felish: barcha shou kutmoqda
D guruhi
«Atletiko» — «Yuventus»
«Bayer» — «Lokomotiv»
«Atletiko» va «Yuventus» o‘tgan mavsumda YeChLning 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash kelgan va barchaning xotirasida qolgan o‘yinlarni o‘tkazishgandi. Avvaliga Diyego Simeone jamoasi Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionidagi o‘yinda oson g‘alabani tantana qilgan (2:0), javob uchrashuvida esa Ronaldu het-trik amalga oshirib, italyanlarni keyingi bosqichga olib o‘tgandi.
Mavsumlar oralig‘ida esa ikki jamoada ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. «Atletiko» tarkibini deyarli butunlay yangiladi. Klub Grizmann boshchiligidagi bir qator asosiy futbolchilarini sotib yubordi va bu transferlardan klub g‘aznasiga jami 371 million yevro pul kelib tushdi, bu pulning qariyb 270 million yevrosi yangi futbolchilar xarid qilish uchun sarflandi.
«Yuventus»da futbolchilar hozircha yangi murabbiy Mauritsio Sarrining g‘oyalariga moslashish jarayonida. O‘z navbatida Simeoneda ham muammolar bor, matbuotda «Real Sosedad»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan (0:2) keyin savollar paydo bo‘lgan.
O‘yindagi asosiy intriga ikki portugaliyalik qarama-qarshiligi bo‘ladi: 19 yoshli Joau Felish 34 yoshli Krishtianu Ronalduga qarshi. «Yuventus» yulduzi YeChL o‘yinlarida «Atletiko» darvozasiga 7ta gol urib qo‘ygan (ikkita het-trik) — bu gollarning barchasi uy uchrashuvlarida urilgan. U o‘z an’anasini buzib, safar o‘yinida ham gol ura oladimi? Felish esa endigina jamoa yetakchisi bo‘lish qandayligini bilib bormoqda. Bu oqshomda u jahon futbolining asosiy ikki futbolchisidan birini soyada qoldirishga muvaffaq bo‘la oladimi?
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin