Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bahslarida kechki dasturdan o‘rin olgan janglar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning yana bir vakili turnir yarim finaliga chiqdi.
-81 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshod Ro‘zmetov bu bosqichda ozarboyjonlik Loren Alfonso Domingesga qarshi bahs olib bordi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar O‘zbekiston vakilini g‘olib deb topishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasining yarim finalga chiqqan vakillari soni 4 nafarga yetdi.
Bungacha Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Bobo Usmon Baturov (-69 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili, +91 kg vazn toifasidagi Bahodir Jalolov ham bugun yarim final uchun jang qiladi.
+91 kg: Bahodir Jalolov – Richard Torres (AQSh) (B ring, boshlanish vaqti – 20:45). “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin