2 739
Superliga. "Surxon" va "Andijon"da g‘alaba qozondi, "Lokomotiv" esa arang durangga erishdi
O‘zbekiston Superligasining 20-tur uchrashuvlari start oldi va 3ta o‘yin yakuniga yetdi.
"Lokomotiv" klubi mehmonda "Qo‘qon-1912"ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Dastlab mezbonlar safida Suhrob Berdiyev 35-daqiqada gol kiritdi. Ikkinchi bo‘limda esa Temurxo‘ja Abduxoliqovning olis masofadan kutilmaganda bergan zarbasi qo‘qonliklarning darvozasidan joy oldi. Shu tariqa, o‘yin durang bilan yakunlandi. Bu "Lokomotiv"ning ketma-ket uchinchi durang natijasiga aylandi.
"Dinamo" esa o‘z maydonida "Andijon"ga qarshi maydonga tushdi. Ketma-ket mag‘lubiyatga uchrayotgan samarqandliklar bu safar ham yana yutqazib qo‘ydi. "Andijon" klubi 42-daqiqasida Shahzod Ubaydullayevning kiritgan yagona goli evaziga g‘alabani ilib ketdi. Shu tariqa, samarqandliklar ketma-ket mag‘lubiyatlari davom etmoqda.
Termizda esa "Surxon" klubi AGMKni qabul qildi va 70-daqiqada Abrorbek Ismoilovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Bu g‘alabadan so‘ng "Surxon" jamoasi ochkolari sonini 31taga yetkazdi va turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekiston Superligasi, 20-tur
"Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" - 1:1
Gollar: Suhrob Berdiyev (35) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (67)
“Qo‘qon-1912”: 1. Islom Abdullayev, 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev (9. Zafar To‘rayev – 82), 11.Timur Xakimov (17. Jahongir Ahmadov – 63), 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 19. Suhrob Berdiyev (29. Hamidillo Abduhamidov – 85), 20. Iqbol Malikjonov, 22. Shahboz Erkinov, 65. Marko Milich, 70. Murod Holmuhammedov.
“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Anzur Ismoilov, 6. Oston O‘runov (22. Smit Medina -80), 8. Jamshid Iskanderov, 10. Sardor Mirzayev, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (21. Javohir Esonqulov – 90), 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Yovan Jokich (71. Arslanmurat Amanov – 46), 24. Davron Hoshimov, 77. Diyor Turopov, 88. Igor Yelich.
"Dinamo" - "Andijon" - 0:1
Gol: Shahzod Ubaydullayev (42)
"Dinamo": Shohruh Eshbo‘tayev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Jasur O‘rinov, Xakim Alamxonov, Abbos Shodmonov (Bahodir Nasimov, 46), Jasur Azimov, Bobur Qosimov, Amirjon Safarov, Sardor Eminov (Komil Sharofutdinov , 66), Damir Temirov, Qadamboy Nurmetov (Shohruh Abdurahmonov, 53)
"Andijon": Vitaliy Mirniy, Radosav Aleksich, Bobur Akbarov, Abror Xusinov (Jalil Kimsanov, 81), Xurshid Avilov, Dilshod Raxmatullayev, Robbim Hasanov, Oybek Qilichev (Ro‘zimboy Ahmedov, 68), Sardor Azimov, Qahramon Baxodirov, Shahzod Ubaydullayev.
"Surxon" - AGMK - 1:0
Gol: Abrorbek Ismoilov (70)
"Surxon" — 1. Asilbek Amonov - 2. Abduqahhor Xojiakbarov, 4. Duglas Nasimento (Shoxnazar Norbekov, 58) 5. Azamat Isroilov, 6.Rahmatillo Berdimurodov, 10. Shavkat Salomov, 13. Abdulaziz Yusupov, 14. Abrorbek Ismoilov, 17.Eldor Boymatov, 44. Darko Stanoyevich, 77. Asror G‘ofurov.
AGMK — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov (sardor), 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 8.San’at Shixov - 3.Erkin Baydullayev (Jasur Hakimov, 72) 5. Dilshod Jo‘rayev - 97. Jasur Yaxshiboyev (Saydullo Rahmatov, 58) 4.Mirjamol Qosimov (Jasur Umarov, 65) 7.Elguja Grigalashvili, 99.Shahzod Nurmatov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?