
Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov final yo‘lida mo‘g‘ulistonlik Erdenebat Tsendbaatarga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli tarzda kechgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, yarim finalga chiqqan ikkinchi bokschimiz ham oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar -52 vazn toifasida Shahobiddin Zoirov ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Oldinda esa bizni Bobousmon Baturov, Dilshodbek Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi yarim final janglari kutib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar