
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida ilm-fan, sport, san’at va madaniyatga oid “Modul 5” loyihasini yoshlar orasida keng targ‘ib etish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida “Modul 5” loyihasining ilk qahramoni, professional ringda muvaffaqiyatli janglar o‘tkazayotgan charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlar nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindori bo‘lgan Sh.G‘iyosovning ushbu g‘alabaga erishishga qadar bosib o‘tgan yo‘li, qiyinchiliklari va faoliyati haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
– Uchrashuvda sevimli bokschimiz Shahramning g‘alaba nashidasi ortida katta qiyinchiliklar, sabr va matonat yotganini bilib oldik, – deydi Inomjon Mahmudov. – Men ham sport bilan shug‘ullanaman. Ushbu uchrashuv meni yanada ruhlantirdi va Shahram akamga o‘xshagan chempion bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar