3 176
Davron Fayziyev: Kuperning xatosi, kompensatsiya qanday hal etilgani, uni yomonlashga darajasi yetmasligi haqida
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning iste’fosi, u yo‘q qo‘ygan xato, ushbu mutaxassis yurtimizda nega samarali faoliyat yurita olmagani borasida taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev O‘FA vakili va muxlis sifatida fikr bildirdi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi Falastinga yutqazib qo‘yganidan keyin Ektor Kuper katta bosim ostida qoldi. Muxlislar, mutaxassislar, futbol ommasi terma jamoaning o‘yini chiqmayotgani uchun murabbiyni sababchi qilib ko‘rsatishdi. Qaysidir ma’noda mag‘lubiyatlar uchun murabbiy javobgar. Ko‘pchilik Kuperning uslubi bizga mos emas degan fikrni ilgari surdi.
Bundan tashqari bu xorijlik murabbiy, shartnoma asosida ishlaydi hamda ma’lum bir vaqt yurtida, bizning davlatimizda bo‘ladi. Ya’ni doimiy ravishda har bitta futbolchini kuzatib borish, nazorat qilish imkoniyati unda kamroq. Mana shu faktorlar uning faoliyatiga to‘sqinlik qildi, deya e’tirof etildi. O‘z navbatida aytib o‘tishim mumkinki, haqiqatdan ham sabablar shu.
O‘FA hamma sabablarni o‘rganib chiqdi. Ma’lum vaqt barchasi sarhisob qilindi. Nafaqat bu o‘yin, avvalgi uchrashuvlar, Kuperning ishlashidan tortib statistikalar o‘rganildi. Futbolchilar, mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi. Murabbiyning o‘zi bilan ko‘p bor uchrashildi. O‘FA rahbariyati tomonidan argentinalik murabbiyga kelajakni qanday ko‘ryapsiz? degan savollar bo‘ldi. Yakunda esa shuncha kun davom etilgan muzokaralarga nuqta qo‘yildi...
Shunaqangi detallar borki, uni O‘FA rahbariyati Kuper bilan yuzma-yuz gaplashdi. Bu pullik masalalar, kompensatsiya. Hamma tushunib turibdi, murabbiy muddatidan avval ketyaptimi, unga tovon puli to‘lash kerak. Ektor Kuper bilan do‘stona xayrlashildi. Tomonlar bir-biriga omad tilashdi. O‘ylaymanki, bu masala ijobiy hal etildi.
Bular O‘FA vakili sifatida bildirgan fikrlarim. Endi bevosita muxlis bo‘lib: o‘ylashimcha, Ektor Kuper O‘zbekiston futboli tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri edi. Tajribali, katta turnirlarni ko‘rgan, darajasi juda yuqori, yulduzlar bilan ishlagan, har xil vaziyatlarga tushib qolgan – hamma faktorlarni inobatga olganda eng yaxshisi edi. Qaysidir ma’noda Osiyo kubogida u jamoa bilan birlashib, nimagadir erishayotgandi. Balki Avstraliya bilan bellashuvda penaltidan yutganimizda hammasi boshqacha kechib, u faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lishi mumkin edi. Biroq bitta qoqilishdan keyin o‘yinimiz pasayib ketdi.
Bu – Kuper yomon murabbiy degani emas. U hali hamon yaxshi mutaxassisligicha qolmoqda. Shunchaki u bizning jamoa bilan kerakli nuqtalarni topa olmadi. Osiyo futboli juda ham o‘ziga xos. Argentinalik murabbiy tajribalarini ishga solganda ham umuman kutmagan jamoalar kutilmagan o‘yin namoyish etishi mumkin. Masalan, raqibning bundan avvalgi 4 o‘yinini kuzatganingizdan so‘ng 5-bellashuvda jamoa umuman boshqacha harakat qilishi mumkin. Kuper esa Osiyo, o‘zbek futbolining ichida bo‘lishi kerak edi. Bizda ham futbolchilarning ko‘pi kayfiyat. Mana shu jihatlar ishni davom ettirishda unga halaqit berdi.
Bu murabbiy haqida negativ fikr bildira olmayman. Kuper yomon murabbiy deyishga mening darajam yetmaydi. U top-murabbiy! Biz murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rmadik. Ammo ketgani plyus bo‘lganiga qo‘shilaman. Chunki terma jamoamizga katta o‘zgarish kerak edi. Borgan sari reytinglarda tushib ketyapmiz, jamoa so‘nib boryapti. O‘yinchilarning ko‘zi yonib turadigan holat yo‘qolib borayotgandi, - dedi Davron Fayziyev.
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi