“Dinamo” futbol klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy sifatida Tachmurod Agamurodovni rasman tanishtirgach, tajribali mutaxassis klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlarini bildirdi.
“O‘ylaymanki, barcha vaziyatni to‘g‘ri va yaxshi tushunib turibdi. Bildirilgan ishonch va ulkan mas’uliyat uchun viloyat va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Oldimizda “Dinamo” jamoasini hozirgi qiyin vaziyatdan olib chiqishdek juda muhim va jiddiy vazifa turibdi.
Jamoada yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, eng avvalo barcha o‘ziga ishonishi lozim. Hammamiz bir maqsad sari jiddiy bel bog‘lasak, o‘ylaymanki ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Bilasiz, Samarqand shahri va “Dinamo” klubi men uchun begona emas. Samarqanddagi oldingi faoliyatlarimda ham “Dinamo”da bor bilim va tajribamni ishga solganman. Umid qilamanki, samarqandlik muxlislar “Dinamo”ga ishonishadi va bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishsa, birgalikda natijaga erishishimiz mumkin” – deya fikrini yakunladi Tachmurod Shamakovich.
Usmon Ibodov suhbatlashdi.
Manba: fcdinamo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi