09:38 / 27.09.2019
4 035

Shahram G‘iyosov o‘zbek boksidagi korrupsiya haqida gapirdi

Shahram G‘iyosov o‘zbek boksidagi korrupsiya haqida gapirdi
Xabar berganimizdek, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining press-klubida Shahram G‘iyosov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
Tadbirda mehmon bo‘lgan Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori, jahon chempioni O‘zbekiston yoshlari oldida o‘z hayoti va sportdagi faoliyati haqida gapirib berdi. Shuningdek, o‘zbek boksi va umuman o‘zbek sportiga doir korrupsion holatga ham to‘xtalib o‘tdi.

Shubhasiz, ayni paytda o‘zbek boksida korrupsiya mavjud emas, lekin har doim ham bunday bo‘lmagan. 2014 yilga qadar ko‘p bora O‘zbekiston chempionati finallarida nohaqlik sabab imkoniyatni boy berganman. Keyinchalik rahbariyat o‘zgargach, faqat eng kuchlilar saralanadigan bo‘ldi. Hozir boksimizda korrupsiya yo‘q, shu tufayli u rivojlanmoqda. Agar boshqa sport turlarida ham korrupsion holatning oldi olinsa, shubhasiz sport turlarida oldinga siljish ko‘zatiladi”, - dedi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Shahram G‘iyosov professional boksda faoliyat olib bormoqda va o‘tgazgan 9 jangining barchasini o‘z foydasiga hal qilgan.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov o‘zbek boksidagi korrupsiya haqida gapirdi