
Yaponiyalik tajribali futbolchi Keysuke Xonda o‘ziga yangi jamoa izlamoqda.
U so‘nggi klubi «Melburn Viktori» (Avstraliya) bilan may oyida shartnomasini bekor qilgandi. Shu bois, yarim himoyachi unga taklif yuborishlarini so‘rab «Manchester Yunayted»ga murojaat yo‘llagan.
«Menga taklif yuboring. Menga pul kerak emas, lekin, buyuk jamoada ajoyib futbolchilar bilan o‘ynash niyatim bor», – deya twitter'dagi sahifasiga yozgan Xonda.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli xavbek Kambodja terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar