
RPL doirasidagi 11-tur «Spartak M» – «Orenburg» bahsidan (1:2) keyin, moskvaliklar ustozi Oleg Kononov vazifasidan ozod etildi.
«Spartak-Moskva» rahbariyati Oleg Kononovning iste’fosini qabul qildi, u «Orenburg»ga qarshi bahsdan keyin jamoaning qoniqarsiz natijalari bois lavozimidan ozod etishni so‘radi. Navbatdagi «Krasnodar»ga qarshi o‘yinga «qizil-oqlar»ni bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sergey Kuznetsov tayyorlaydi”, – deyilgan klub murojaatida.
53 yoshli Kononov jamoa boshqaruviga 2018 yilning noyabrida kelgandi. «Spartak M» Rossiya chempionatining joriy mavsumida 14 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Bu esa Moskva klubining 2003 yildan buyon qayd etgan eng yomon natijasidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar