Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkini saralash bosqichi 4-turidan o‘rin olgan Singapurga qarshi bahs uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Jar” stadionida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan terma jamoamiz vakili Otabek Shukurovni suhbatga tortdik.
- Tayyorgarlik jarayonlari qanday kechmoqda?
- Bir necha kundan beri mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz. 10 oktyabr kuni Yaman bilan bellashdik va yirik hisobda zafar quchdik. Bu tarixga aylandi. Endi bor e’tiborimiz Singapur bilan o‘yinga qaratilgan. Kayfiyatimiz a’lo darajada. Bellashuvga barcha tayyor. Nasib bo‘lsa, Singapurdan ham ijobiy natija bilan qaytamiz.
- Yamanga qarshi bahsda 5:0 hisobida zafar quchdik va bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh saralashlaridagi 50-o‘yiniga aylandi. Ushbu statistikadan xabaringlar bo‘lib, yubiley o‘yinga mos hisob qayd etish uchun harakat qildinglarmi?
- To‘g‘risi, shaxsan mening xabarim yo‘q edi. Uchrashuv yakunlangach buni internetda o‘qidim.
Futbolda oldindan nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hammasi maydonda hal etiladi. Hudoga shukr, 5:0ga yutdik va ushbu natija yubileyga to‘g‘ri kelganidan xursandman.
- O‘zbekiston MTJ Yamanga qarshi bahsda umuman boshqacha o‘yin namoyish etdi. Bu dajaradagi keskin o‘zgarishning sababi nimada?
- O‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, termada murabbiy almashdi. O‘zbekiston futbolidan kelib chiqqan holda biz to‘p bilan ko‘proq muomala qilamiz. Bizga himoyaviy taktika to‘g‘ri kelmaydi.
Hozir Vadim Abramov boshchiligida shu narsaga urg‘u beryapmiz, pressing uyushtirishni o‘rganyapmiz. Qolaversa, Yamanga qarshi bahs yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinimiz edi. Turdan-turga yanada kuchayishga harakat qilamiz.
- Bir yil katta muddat. Bu davr mobaynida Kuperning qaysi uslubiga ko‘nikib qolgan edinglar va xalos bo‘lish qiyinchilik tug‘dirayotgan jihat?
- Oxirgi o‘yinni tahlil qilganimizda, raqibga to‘pni oldirib qo‘yishimiz bilan himoyaga birdan qaytardik, pressing qilmasdik. Shu jihat miyyaga singib qolgani uchun sal oqsagandekmiz. Endi keyingi uchrashuvlarda bundan xalos bo‘lishga harakat qilamiz.
- Singapur terma jamoasi biz havfsirashimizga asos bo‘ladigan raqibmi?
- Har bir jamoani hurmat qilish lozim. Yodingizda bo‘lsa birinchi tur juda og‘ir kechgandi. Raqibni mensimaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Shuning uchun barchani hurmatini joyiga qo‘yib, jangovar ruhda ruhda maydonga tushish lozim.
Bekzod Isayev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?