08:12 / 19.10.2019
2 630

Fergyuson Chempionlar Ligasidagi kelishilgan o‘yin uchun pora olganlikda ayblanmoqda

Fergyuson Chempionlar Ligasidagi kelishilgan o‘yin uchun pora olganlikda ayblanmoqda
Italiyalik futbol agenti Juzeppe Palyara "Manchester Yunayted" klubi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusonni Chempionlar ligasida o‘yin sotganlikda aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga ChL doirasidagi o‘yinda yutqazishi uchun pora bergan.
Palyara buning uchun shotlandiyalik mutaxassisga 30 ming yevro turadigan Rolex soatini sovg‘a qilgan. Agent shuningdek Fergyuson transferlar uchun pul olganligini aytdi.

Ma’lumot uchun, Fergyuson MYuni 1986-2013 yillarda boshqardi. Ushbu davr mobaynida “qizil iblislar” “Yuventus” bilan 4 marta (1996 ,1997, 1999, 2003) to‘qnash kelishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fergyuson Chempionlar Ligasidagi kelishilgan o‘yin uchun pora olganlikda ayblanmoqda