Xabaringiz bor ertaga “Paxtakor” va AGMK jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun final oldidan har ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanining birinchi qismida olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Assalomu alaykum aziz futbol ishqibozlari, hurmatli jurnalistlar, o‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan insonlar.
Har bir musobaqa o‘ziga hos ahamiyatga ega. Ertaga biz uchun ham, “Paxtakor” uchun ham juda muhim o‘yin. Eratga qiziqarli o‘yin bo‘ladi, biz ham bu o‘yinga alohida tayyorgarilk ko‘rdik. Chunki, doim ham finalga chiqavermaymiz. Biz ushbu o‘yinda g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchimiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz.
Buni yashirmoqchi emasman, ertaga AGMK o‘z uslubida o‘ynaydi. Bu finalga osonlikcha yetib kelmadik va shu bois borimizni berib o‘ynaymiz.
Shuni aytishim mumkinki, ertaga penaltilar seriyasiga ham mashg‘ulotlar davomida ham alohida tayyorgarlik ko‘rganmiz.
Ushbu finalga Xavini taklif qilgandik, ammo o‘xshamadi....
To‘g‘ri, “Paxtakor”da Simich, Cheran, Sergeyev kabi futbolchilar bosh bilan yaxshi o‘ynashadi, ammo bizda ham ularga yetarli qarshilik ko‘rsata oladigan himoyachilar bor.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – AGMK uchrashuvi ertaga Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida soat 17:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi