Angliya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Enfild" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Bellashuvning 1-daqiqasida Xarri Keyn tomonidan kiritilgan gol tufayli birinchi bo‘limni 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugatgan "qizillar" ikkinchi bo‘limda Jordan Xenderson hamda Muhammad Salohlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga 3 ochko egasiga aylanishdi.
Shu tariqa, "Liverpul"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi va 28 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. 12 ochkosi bor "shporlar" esa 10-pog‘onadan joy olishgan.
"Liverpul" - "Tottenxem" 2:1
Gol: Jordan Xenderson (52), Muhammad Salah (75, P) - Xarri Keyn (1)
"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Lovren, Robertson, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Salah.
"Tottenxem": Gassaniga, Rouz, Sanches, Alderveyreld, Ore, Uinks, Alli, Eriksen, Sissoko, Son Xyon Min, Keyn. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi