
Saralash uchrashuvlarida O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari muddatidan avval maqsadlariga erishib bo‘lgandi, o‘zaro o‘yin esa faqat guruh g‘olibligini aniqlab berishi lozim edi.
O‘yinning dastlabki uchinchi daqiqasidayoq tojikistonliklar tezkor ikkita gol urishib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. Lekin bu holat ham terma jamoamiz a’zolarini sarosimaga solmadi, hafsalalarini pir qilmadi. Aksincha, hushyorliklarini oshirishga, maqsad sari dadil intilishga xizmat qildi. Birinchi bo‘limning o‘zida futzalchilarimiz nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki uchta to‘p farqi bilan oldinga o‘tishdi ham. Ikkinchi bo‘lim ham butunlay yigitlarimiz tashabbusi va hujumkorligida o‘tdi. Buni qayd etilgan hisob ham tasdiqlab turibdi – 9:3.
Shu tariqa futzal terma jamoamiz kelasi yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatining final bosqichiga guruh g‘olibi sifatida yo‘l oldi.
O‘zbekiston (asosiy tarkib): Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Xusniddin Nishonov, Sunnatullo Jo‘rayev.
Zaxira: Rustam Umarov, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Shahzod Sa’diyev, Dilshod Rahmatov, Dilmurod Shavkatov, Davron Choriyev, Akbar Usmonov, Dilmurod Jumayev. Gollar: Akbar Usmonov (8, 16), Husniddin Nishonov (15), Dilshod Rahmatov (18), Davron Choriyev (19, 26, 28), Xushnur Erkinov (26), Dilmurod Shavkatov (29) - Bahodir Xo‘jayev (1, 3), Rahmonali Sharipov (31).
Manba: uza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar