2 770
Ravshan Ermatov: “Britaniyada 21 foiz aholi futbol bilan shugʻullanadi, bizda 0,14 foiz”
AOKAda 2018-yil 16-martda eʼlon qilingan “2018-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi” toʻgʻrisidagi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.
Unda qatnashgan OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatning qancha qismi futbol bilan shugʻullanayotgani haqida maʼlumot berdi.
“Nega Angliyada futbol rivojlangan?”, deb soʻraymiz. Quyidagi statistikaga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Britaniyada 11 million odam futbol bilan muntazam shugʻullanadi. Bu aholining 21 foizi degani. Rossiyada 6 million (aholining 4 foizi), Germaniyada 16 million (aholining 20 foizi) odam futbol bilan shugʻullanadi. Taqqoslash uchun, bizda bu koʻrsatkich 0,14 foizni tashkil qiladi.
Britaniyada 39 mingta, Germaniyada 5 mingdan oshiq, Rossiyada 2 245 ta futbol maktabi bor. Bizda esa bunday maktablar soni 209 ta. Biz futbolni rivojlantirishni aynan quyi boʻgʻinlardan boshlashimiz, futbol maktablarini koʻpaytirishimiz, maktablardam ham futbol toʻgaraklari sonini oshirishimiz kerak»,— deb Ermatovning soʻzlarini keltirmoqda Tribuna.uz nashri. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?