Foto: CzechFighters
Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) UFC’dagi ikkinchi jangini AQShda o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Murodov MMA’ning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFC’dagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitga (15-9, 10 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang 7-dekbar kuni AQSh poytaxti Vashington shahridagi «Capital One» arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang UFC on ESPN 7 turniri doirasida tashkil etiladigan MMA kechasida bo‘lib o‘tadi.
Aslida Trevor Smit yarim og‘ir (-93 kg) vazn toifasi vakili Alonso Menfildga (9-0, 9 KO) qarshi ringga chiqishi lozim edi, ammo bu jang bekor qilingan va Menfild o‘rniga Mahmud Murodov Smitga raqiblik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Smit jiu-jitsu sporti ustasi sanaladi. U MMA’da o‘tkazgan 24 ta jangining faqat bittasida raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Yana 8 ta jangida usul yordamida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. UFC musobaqalarida 11 marta oktagonga ko‘tarilib, 5 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Ta’kidlab o‘tish joiz, Mahmud Murodov UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. Jangdagi natijalarga qarab bu muddat yana uzaytirilishi mumkin bo‘ladi. U mazkur nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?