16:08 / 10.11.2019
3 159

O‘zbekiston MTJ. Qirg‘izistonga qarshi o‘ynagan ikki futbolchi Dubayga uchib ketdi

O‘zbekiston MTJ. Qirg‘izistonga qarshi o‘ynagan ikki futbolchi Dubayga uchib ketdi
Kecha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganidan xabaringiz bor.
Mazkur bahsda milliy terma jamoa safida debyut qilgan Sharof Muhitdinov va Abror Ismoilov bugun tongda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga Dubayga uchib ketishdi. Bilasiz, kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tailand yashil maydonlarida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

13-19 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Shu bois milliy terma jamoaga nomzod bo‘lgan ko‘plab futbolchilar OTJ ixtiyoriga qo‘yib yuborildi va ular Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda ishtirok eta olishmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ. Qirg‘izistonga qarshi o‘ynagan ikki futbolchi Dubayga uchib ketdi