JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaninin birinchi qismida Vadim Abramov va Odil Ahmedov ishtirok etdi.
"Muhim o‘yin. Menimcha bu guruhda kurash aynan shu ikki jamoa o‘rtasida kechadi. Hozircha biz birinchi o‘rindamiz va o‘z o‘rnimizni saqlab qolishimiz kerak. Saudiya Arabistoni juda jiddiy raqib, shu bois yaxshi tayyorlandik. O‘z maydonimizda o‘ynaymiz, omad biz tomonda bo‘lishiga va g‘alaba qozonishga umid qilamiz", - deydi Vadim Abramov.
"Ertangi bahs ahamiyatini barcha yaxshi tushunib turibdi. Bu uchrashuvda o‘ylagan barcha rejalarimiz amalga oshadi va g‘alaba qozonamiz deb o‘ylayman", - deydi Odil Ahmedov.
- Lutfulla To‘rayev bosim sabab javob berilgandi. U bilan murabbiylar gaplashib olishdimi? U Ertangi bahsga tayyormi?
- U Qirg‘izistonga qarshi bahsda maydonga tushdi va o‘yinni buzib qo‘ygani yo‘q. To‘rayev tajribali futbolchi, shu bois yoshlarga o‘rnak bo‘la oladi.
- Erve Renar shu sikl boshida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga tayinlandi. U o‘z uslubini terma jamoaga singdira oldimi?
- Menimcha bu savolni saudiyalik jurnalistlarga berilgani to‘g‘ri. U tajribali murabbiy, Afrika terma jamoalarida muvaffaqiyatli ishlagan.
- Siz qo‘l ostingizda uchta o‘yinni ko‘rdik. Himoyada muammolar bor. Ertaga Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. Himoya pand berib qo‘ymasmikin?
- Albatta kamchiliklarimizni bilamiz, ammo hozir ular haqida gapirmoqchi emasman. Ertaga bahsni o‘tkazib olaylik qanday ishlar olib borildi va qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yganimizni aytamiz.
- Sardor Rashidov yaqinda ikkita gol urdi. Uni keyingi yig‘inlarga chaqirishingiz mumkinmi?
- To‘g‘ri Rashidov o‘z klubida 2ta gol urdi, endi hamma gol urganlarni chaqiraylikmi? Bu haqda aytgandim o‘z klubi safida muqim o‘ringa ega bo‘lib olsin. Barchani kuzatib borayapmiz. Rashidov uchun xursandmiz. Bu ikkita bahsdan so‘ng katta tanaffus bo‘ladi. Shundan keyin balki uni chaqirishimiz mumkin, ammo hozir uni zaxirada o‘tirishi uchun chaqira olmaymiz. Hozir Rashidov uning o‘rnida o‘ynayotgan futbolchidan kuchli deb o‘ylamayman.
- Ertangi o‘yindan oldin muxlislarga murojaatingiz bormi?
Odil Ahmedov: - Juda muhim o‘yin bizni kutib turibdi. Barcha muxlislardan kelib bizni qo‘llab quvvatlab turishlaringizni so‘raymiz. Xudo xohlasa g‘alaba qozonib ularni xursand qilamiz.
- Qirg‘iziston bilan bahsda himoyada o‘ynadingiz, qiyin bo‘lmadimi?
Odil Ahmedov: - Yo‘q, bu joyda birinchi marta o‘ynaganim yo‘q. Shu bois muammo bo‘lgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»