
“Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin moliyaviy muammolar sabab klubdan ketishi mumkinligini aytdi.
“Ha, agar klub prezidenti Artashes Arutyunyans va sport direktori Aleksey Riskinlar ham ketishsa, koʻp futbolchilar qatori men ham ketaman. Menga klub ham jamoa ham yoqadi, shahar, ajoyib atmosfera, ajoyib muxlislar. Bularning hammasi xursandchilik bagʻishlaydi, ammo klub tashqarisidagi holatlarni hozir hisobga olishning mavridi emas. Berilgan hamma vaʼdalar safsatadan boshqa narsa emas. Axir bu jamoa qiyinchilik bilan, ayniqsa Arutyunyans va Riskinlarning ogʻir mehnatlari tufayli yigʻildi. Endi esa bularni yoʻqotish alamli boʻladi”, - deydi Karpin.
Eslatib oʻtamiz, kecha “Rostov” PR-direktori Shtanko ishdan ketgandi. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi va futbolchilar, jumladan Eldor Shomurodov ham jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
RostovValeriy KarpinMoliyaviy MuammolarFutbolchilar KetishiKlub TashqarisiJamoa Atmosferasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar