16:58 / 15.11.2019
3 755

Oskar De La Hoyya: «Bektemir — mutlaq vahshiy yirtqich»

Oskar De La Hoyya: «Bektemir — mutlaq vahshiy yirtqich»
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (3-0, 3 KO) AQShning mashhur Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Promouterlik kompaniyasi rahbari, sobiq bokschi Oskar De La Hoyya Meliqo‘ziyev bilan tuzilgan shartnomadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz «Mir boksa» (World of Boxing) bilan Bektemir Meliqo‘ziyevning faoliyatini targ‘ib qilishda hamkor bo‘lganimizdan xursandmiz. Bu yigit — mutlaq vahshiy yirtqich. U kuchli, chidamli, oyoq va qo‘l harakatlari ham juda tezkor. Ayniqsa bu o‘zining vazn toifasida sezilarli darajada. Biz uning reytingda juda tez ko‘tarilishini va 168 fut (76,2 kg)vazn toifasida o‘zini barchaga ko‘rsatib qo‘yishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz», deya gapirib o‘tgan De La Hoyya.

«Bektemir hali yosh, ammo shunga qaramay o‘ta tajribali va havaskor boksda o‘zining iqtidorini namoyish etishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zi ham professional boksning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan Oskar De La Hoyyadek funksioner bilan hamkorlik natijasida Bektemirning ham yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ishonchim komil», degan «Mir boksa» rahbari Andrey Ryabinskiy.

«Bek — ringda haqiqiy bezori, ammo ringdan tashqarida juda yoqimli va quvnoq bola. Men Golden Boy bilan hamkorlikda u allaqachon erishib bo‘lgan yulduzlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman», deya gapirgan Meliqo‘ziyevning menejeri Vadim Kornilov.

Shuningdek, Bektemir Meliqo‘ziyevning o‘zi ham yangi shartnomadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

«World of Boxing va Golden Boy bilan hamkorlikda uzoq va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga ko‘zim yetmoqda. Bunday professional jamoaga ega ekanim juda ham yoqimli. Men ularning ko‘pchiligini bokschi sifatida o‘tkazgan janglarini TV orqali ko‘rardim va qachondir AQShda xuddi ulardek janglar o‘tkazishni orzu qilardim. Endi bu imkoniyat menda bor va undan bor qobiliyatlarimni ishga solib foydalanaman. Chalg‘ib qolmang, endi barcha janglarim o‘tkazib yuborish mumkin bo‘lmaydigan darajada ajoyib spektaklga aylanadi», degan Meliqo‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev dekabr oyida o‘zining ilk chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Unga fransiyalik sobiq jahon chempioni Hassan N‘Dam N‘Jikam (37-4, 21 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oskar De La Hoyya: «Bektemir — mutlaq vahshiy yirtqich»