
Professional boksning super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili Bektemir Meliqoʻziyev (3-0, 3 KO) dekabr oyida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Unga koʻra, Meliqoʻziyev toʻrtinchi jangi 13-dekabr kuni oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda bokschi WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi. Jang Kaliforniyada, Indio shahrida boʻlib oʻtishi moʻljallangan. Hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas.
Oldinroq, unga fransiyalik sobiq jahon chempioni raqiblik qilishi xabar qilingandi. Ammo bu jang oʻtkazilmaydigan boʻldi. Endi u boshqa raqibga qarshi jang qiladi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta Meliqoʻziyev 2-noyabr kuni ringga chiqib, amerikalik Kley Kollardni (4-2-3, 1 KO) toʻrtinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar