Foto: Otabek Umarov telegram kanali
Ertaga, 23 noyabr kuni Toshkentda GFC 20 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga dunyoning taniqli sportchilari taklif etilgan.
Xususan, Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida 20 noyabr kuni Toshkentga yetib kelgandi.
O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov bugun Habib Nurmagomedov va uning jamoadoshlarini o‘zbekcha taomlar bilan mehmon qildi.
Shuningdek, Otabek Umarov faxriy mehmonga noyob sovg‘a taqdim etdi va o‘zining telegram kanalida «O‘zbekistonga xush kelibsiz!», deb yozib qoldirdi.
O‘z navbatida, Habib Nurmagomedov ham instagram kanalida «O‘zbekiston doim iliq kutib oladi» deb yozdi.
Fotoga ko‘ra, maxsus sovg‘ada UFC ringi va uning ichida chempionlik kamariga ega Habib Nurmagomedov haykalchasi aks etgan. Suvenir — ko‘rinishidan oltindan tayyorlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi