
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL 13-turida “Vest Xem” ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin (3:2) nima uchun muxlislar oldiga bormaganini tushuntirdi.
"Oʻyindan soʻng muxlislar oldiga borishni istamadim, chunki buni qilmaslik kerakligini his qildim. Gʻalabaga futbolchilar erishdi, men emas. Shuning uchun, muxlislarimiz oldiga bormaganim uchun uzr soʻrayman.
Men chetda turib, bir necha muxlislar turib olgan holda jamoani qoʻllayotganini anglab yetdim. Ular oʻyindan rohatlanib, hammasini tushunib turishgandi. Ular hozir biz kabi xursand", – deydi Mourinyu. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar