«Paxtakor» klubi Toshkentdagi «Paxtakor» stadioni buzilishi va uning o‘rniga yangi stadion qurilishi haqida rasmiy ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, «Paxtakor» o‘yingohi o‘rnida yangi stadion qurilishi klub rejalaridan joy olgan.
«Ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. Saytimizda e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20ga yaqin kompaniyalar o‘z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli oxirgi qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi.
Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poyxatimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi» - deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» stadioni 26 noyabr kungi Superliga U-21 turniri doirasidagi «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» yoshlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan rasman yopildi. Ushbu bahs 63 yillik stadion tarixidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida