Coca Cola Superliganing 25-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg‘ochlar" ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Bugungi o‘yin derbi maqomiga mos bo‘ldi, deya olaman. Asabiy va hujumkor ruhda o‘tgan bahs muxlislarga qanchalik yoqqanini bilmadimku, lekin murabbiylar shtabining anchagina asabi buzildi. Ochig‘i, o‘yin oxirlarida omadimiz keldi. Qolaversa, chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lgan "Paxtakor" futbolchilarining ruhiyati ham bizning foydamizga xizmat qildi. Ham chempionlikni ham kubokni qo‘lga kiritgan futbolchilarni ruhiy tomondan o‘yinga tayyorlash juda mushkul. Ular xayolan ta’tilga chiqib bo‘lishgan. Ta’tildagi insonni kurashga qaytarish qiyin. Bu tabiiy hol.
Legionerlar? Mavsum oxirida ularning shartnomasi tugaydi va ularga javob beramiz. Albatta barchada moslashish davri bo‘ladi. Yozda bizda yarim himoyada muammolar bor edi o‘sha vaqtda ular maydonga tushishdi. Jarohat olganlar safga qaytgach legionerlar zaxirada qola boshlashdi.
Jamoa yosh. Tarkibdagi futbolchilarni tajriba borasida "Paxtakor" o‘yinchilari bilan solishtirib bo‘lmaydi. Hisob qisqargach raqib o‘z o‘yinini topib oldi va yana bizni jazoladi. "Paxtakor"ni tajribali murabbiy boshqaradi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, raqib ikkinchi bo‘limni ishonchli tarzda o‘tkazdi. Chunki tajribali o‘yinchi qanday o‘ynashni biladi. Qolaversa, ular mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlashni niyat qilgandi. Futbol xatolarsiz bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, shunday xatolarni kamaytirib, yanada jiddiy jamoaga aylanamiz.
Baribir so‘nggi turda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etishimiz kerak. Jizzax klubi ham bronza medalini olishni istaydi. Hozir bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. "So‘g‘diyona" kelib bizga "sovuq dush" taqdim etishi mumkin. Yigitlarni mana shu muhim bahsga ruhan tayyorlashimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...