Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang sanasi aniq bo‘lganligi munosabati bilan bir qator sportchilarimiz, mutaxassislarimizni ushbu qarama-qarshilik borasida kimning imkoniyati yuqori ekanligi haqidagi fikrlari bilan qiziqib, birinchi qismini e’tiboringizga havola etishga ham ulgurgan edik. Bugun, ushbu so‘rovnomaning ikkinchi qismini taqdim etamiz.
Zarruh Adashev – MMA ( Bellator) jangchisi
- Xabib yutadi. Uning jismoniy holati juda kuchli. Fergyuson “stoyka”da jang qiladiganlar uchun xavfli, Nurmagomedov esa ajoyib greppler. U Tonini qisib, ezib qo‘yadi. Albatta, bu shaxsiy fikrim! Tonini ustunlik jihati yuqorida aytib o‘tganimdek, “stoyka”da, keyin charchamaydi. Kevin Li bilan jang qilganda, Kevin uni qiynalmasdan yiqitgan edi. Lekin charchab qolganligi evaziga yutqazgan. Xabibning jismoniy holati va kardiosi juda kuchli, shuni evaziga Fergyusonni charchatib qo‘yadi. Toni murakkab, kutilmagan, bir so‘z bilan aytganda miyasiga kelgan zarbalarni yo‘llaydi. Lekin Xabib u bilan urishib o‘tirmaydi va o‘z ishini bajaradi. Xullas, Xabibga uning uslubi o‘tmaydi.
Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi (Turkiyaning “Strike fighting championship” promousheni yetakchisi)
- Xabib va Toni o‘rtasidagi to‘qnashuv yengil vazn toifasida UFC umuman MMA tarixidagi eng muhim jang bo‘ladi. Har ikkisi ham juda kuchli jangchilar! Bu qarama-qarshilikda imkoniyatlar 60 /40 deb o‘ylayman. Ya’ni, ustunlik Xabibda bo‘ladi. Chunki u “parter”da juda mukammal va raqiblarini juda yaxshi nazorat qila oladi greppling va “ground and pound” hisobiga g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Ya’ni ballar evaziga...Tonida ham imkoniyat bor. Faqatgina Xabibning yuzida jarohat yuzaga kelsagina g‘alaba qozonish imkoniyati oshadi. Chunki Nurmagomedov shu paytgacha yuzidan jarohat olmagan. Shunday holat kuzatilsa, shoshilish va hayajon yanada ko‘payib, xato qilib qo‘yish ehtimoli katta. Agar kim g‘alaba qozonadi desangiz, Xabib Nurmagamedov deb javob beraman.
Lilya Shakirova – MMA jangchisi(GFC chempioni)
- Har ikkisi kuchli jangchilar. Ularning qay biri g‘alaba qozonishini avvaldan aytib bo‘lmaydi. Barchaga ma’lum “stoyka”da Fergyuson kuchli, “parter”da esa Xabib. Qisqasi kim g‘alaba qozonishini oktagon hal qiladi.
Jasur Boyqo‘ziyev – taekvondochi ( WTF Osiyo chempionati va o‘yinlari chempioni, JCh sovrindori)
- Ikkalasi uchun ham oson jang bo‘lmaydi. Lekin Xabibda imkoniyat yuqori degan fikrdaman. Unga muxlislik qilaman va g‘alaba qozonishiga umid qilaman!
Azamat Murodov – sport jurnalisti
- Agar bu savolni menga jang tashkil qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar vaqtida berganingizda ikkilanmasdan Toni Fergyusonni favorit sifatida ko‘rsatgan bo‘lardim. Men 3-4 yil oldingi vaqtni nazarda tutyapman. Ammo, biz ikkala sportchi ham eng yuqori sport formasida bo‘lgan o‘sha davrda bu jangni ko‘ra olmadik, afsuski. 2020 yilda beshinchi urinishda tashkil etilishi kutilayotgan jangda esa oldindan biror narsa deyish qiyin. Birinchidan bu vaqtga kelib Fergyuson 36 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Albatta, ba’zi sportchilar uchun bu yosh unchalik katta bo‘lmasligi mumkin. Ammo baribir 36 yosh bu hech bo‘lmaganda 30-32 yosh ham emasligini unutmasligimiz lozim.
Bejizga Fergyuson ushbu jangdan so‘ng faoliyatini tugatishi haqida gapirmayapti. Chunki u o‘z organizmini yaxshi biladi va to‘xtash vaqti kelayotganini tushunib turibdi. Bu degani biz bu jangda eng kuchli Fergyusonni ko‘rmasligimiz mumkin.
Yuqorida sanagan omillarim bu Xabibning ustunlik tomoni. U raqibga nisbatan yoshroq. Tonining ustun jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ham "stoyka"da ham “parter” holatida yaxshi ishlay oladi. Xabib bir necha janglarda tik turgan holda jang qilishga urinib, sal qolsa qiyin ahvolga tushib qolay deganini ko‘rdik. Dastin Porega qarshi so‘nggi jang ham bunga misol. Shundan so‘ng u kurashga o‘tdi va g‘alaba qozondi. Ammo bu safargi raqib Poredan farqli ravishda kurash tushishni ham biladi. "Stoyka"da esa Habibdan ancha kuchli. Ancha...
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Toni shu kuni jismoniy holati ideal holatda bo‘lsa va so‘nggi jangiga munosib tayyorlana olsa, g‘alaba qozonishi mumkin, aks holda Xabib mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirishi katta ehtimol. Shunisi aniqki, hozircha bu vazn toifasida bir-biriga munosib ikki raqib aynan shular. Habibni yutish mumkin bo‘lsa, faqat Toni buni uddalashi mumkin. Agar u ham uddalay olmasa, menimcha yaqin yillarda Xabibga teng keladigani topilmasa kerak.
Muhammadsalim Sotvoldiyev – professional bokschi (O‘zbekiston chempionlik kamari sohibi)
- Shubhasiz, dindoshimiz bo‘lgan Xabib Nurmagomedovga muxlislik qilaman va uning yutishiga ishonaman. O‘ylaymanki, 18 aprel kuni dog‘istonlik jangchining qo‘li barcha ishqibozlarini xursand qilgan holda, baland ko‘tariladi. Omad Xabib!
Abdulaziz Najmiddinov – professional bokschi
- Xabibda imkoniyat yuqori. U albatta g‘alaba qozonadi. Lekin juda shiddatli jang bo‘ladi degan fikrdaman. Fergyuson ham oddiy raqib emas. U jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, Nurmagomedov uni mag‘lub etishga qodir.
Ahmadbek Eshmatov “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...