«Barselona» FIFA sanksiyasi davrida ham futbolchi sotib olishi mumkin

«Barselona» klubi FIFA taqiqi vaqtida ham futbolchi qo‘shib olishi mumkin, deya xabar beradi El Mundo Deportivo.
Albatta, kataloniyaliklar birmuncha cheklovlarga majbur: klub futbolchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin, ammo yangi futbolchilar 2016 yilning 1 yanvarigacha jamoa tarkibida maydonga tusha olmaydilar. Bunda futbolchilar sanksiya davri tugaguncha avvalgi klublarida o‘ynashni davom etishlari mumkin.
Voqealarning yana bir varianti - «Barsa» futbolchilarni sotib olishi, ularga maosh berishi va mashg‘ulotlarida shug‘ullantirishi mumkin. Ammo maydonga tushira olmaydilar. Ammo bu variant katloniyaliklarni qiziqtirmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ga ikki mavsum davomida yangi futbolchilarni qo‘shib olish taqiqlangan. Sanksiya 2016 yilning yanvarigacha amal qiladi.
Manba: www.Stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing