
"Rostov" klubi ustozi Valeriy Karpin RPL 19-turida "Spartak" ustidan qozonilgan g‘alaba (4:1) yuzasidan o‘z fikrini bayon qildi.
"Menga birinchi navbatda hisob juda yoqdi. Bungacha yaxshi o‘yinlar bo‘ldi, ammo kerakli natijaga erisha olmadik. Birinchi bo‘lim menga yoqdi, tanaffusdan keyin esa o‘yindagi yuqori temp bizni toliqtirib qo‘ydi. Quvonarliki, hammasi yaxshilik bilan yakunlandi", - deydi Karpin.
Eslatib o‘tamiz, "Rostov" klubi Rossiya chempionati 19-turidan keyin 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar