Ma’lumki, yurtimizda murabbiylarning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda bir guruh mutaxassislarimizga «Pro» litsenziyasi uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda va bu bir nechta modullarni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi modulda esa murabbiylar xorijda malaka oshirishi belgilab qo‘yilgandi.
Shu bois «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, «Paxtakor» klubining sport direktori Ja’far Irismetov hamda ushbu klubning murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan Jasur Abduraimov ayni paytda Turkiyaning yetakchi klublaridan biri hisoblangan «Beshiktosh» klubida o‘z malakalarini oshirmoqdalar. U yerda ushbu jamoaning mashg‘ulotlari, o‘yinlari, futbol tizimi va yana boshqa masalalar bo‘yicha o‘zlari uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirmoqdalar.
Bu haqda Ja’far Irismetov o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.
E’tiborlisi, Irismetov «Beshiktosh» klubining bosh murabbiyi Abdulla Avchi bilan uchrashgan va unga o‘zbekona zarbof to‘n sovg‘a qilgan. Irismetovning ma’lum qilishicha, vakillarimiz Turkiyada 14 dekabrga qadar malaka oshiradilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...