
AQSh Adliya vazirligi 9 dekabr kuni Rossiyada o‘tkazilgan 2018 yilgi jahon chempionati mezbonini saylash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hisobotni e’lon qildi.
«2011 yil iyul oyida Buyuk Britaniya razvedkasining sobiq xodimi Kristofer Stil Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘rtasida bo‘lgan suhbat haqida hisobot bergan.
Unda Putin rossiyalik oligarxlardan biri JCh-2018 mezbonligini qo‘lga kiritish uchun FIFA prezidentini pora evaziga og‘dirganini tan olgani haqidagi satrlar bor», — deb hisobotdan ma’lumot keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yili FIFA prezidenti lavozimida Yozef Blatter ishlagan. Keyinchalik u korrupsiya tufayli futboldagi faoliyatdan chetlatilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar