Foto: Getty Images
UFC chempioni Habib Nurmagomedov navbatdagi jangini Toni Fergyusonga qarshi oʻtkazishi rasman eʼlon qilindi.
Ushbu jang 2020-yilning 18-aprel kuni Nyu-Yorkda UFC 249 turniri doirasida tashkil etiladi. Yengil vazndagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson UFC doirasida 12 oʻyindan iborat gʻalabali seriya qayd etishgan. Habib soʻnggi janglarida muddatdan avval Konor Makgregor va Dastin Poryeni magʻlub etgan boʻlsa, Fergyuson Entoni Pettis va Donalda Serroneni taslim qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, bu Habib va Fergyuson oʻrtasidagi jangni tashkil etish boʻyicha beshinchi urinishdir. 2015-yil dekabr oyida ushbu jang Habibning jarohati sabab qoldirilgan boʻlsa, 2016-yilda Toni jarohatga yoʻliqdi. 2017-yilda jang Nurmagomedovning vazni tufayli qoldirilgan boʻlsa, 2018-yil aprel oyida esa Fergyusonning tizzasi hochsimon payidan olgan jarohati bois, jang oʻtkazilmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?