
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.
Hamyurtimiz Volgogradning "Rotor" klubida Aleksandr Xatskevichga yordam beradi. Bu haqda Maksim Shatskix championat.asia saytiga ma’lum qildi.
"Rotor"ga Xatskevich bosh murabbiy etib tayinlanadi, men unga yordam beraman. Hozir qishki tanffus, ilk o‘yinimiz 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi", - deydi Shatskix.
Eslatib o‘tamiz, Xatskevich bunga qadar Minskning va Kiyevning “Dinamo” klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Belarusning o‘smirlar va milliy terma jamoalarida faoliyat olib borgan. Shatskix Kiyevning "Dinamo" klubida Xatskevichga yordam bergan edi.
Ma’lumot uchun, "Rotor" ayni paytda Rossiya birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Klub 25ta turdan so‘ng 52 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Maksim ShatskixRotor KlubiRossiya FutboliAleksandr XatskevichO‘zbekiston Terma JamoasiFutbol Murabbiyi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar