2 831
Eldor Shomurodov «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga da’vogarlik qilmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qit’aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmish «FOX Sports Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritildi.
Manbada yozilishicha, «Eldor Shomurodov klubi safidagi o‘yinlari bilan Rossiyada Markaziy Osiyo bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘zidan juda yaxshi taassurot qoldirdi».
Nominatsiyadan faqatgina osiyolik futbolchilar emas, qit’amizda to‘p surayotgan xorijlik legionerlar ham o‘rin olgan. Jumladan, 20 nafar osiyolik futbolchi bilan birga Osiyo klublaridagi 4 nafar boshqa qit’a vakili – Befetimbi Gomis (Fransiya), Sebastian Jovinko (Italiya), Paulno (Braziliya), Bog‘dod Bunedjo (Jazoir) joy olgan. Nominatsiya g‘olibi sayt tomonidan yil yakunida e’lon qilinadi.
«Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi». 24 kishilik shortlist:
Ma’lumot uchun, 2013 yildan buyon «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning amaldagi g‘olibi janubiy koreyalik Son Xyon Min sanaladi. «Tottenhem» futbolchisi 2018 yilda 206 ovoz to‘plab (29.3%), yaponiyalik Makoto Hasebe (Aytraxt F, 9.1%) va Alirizo Beiranvandni (Persipolis, 7.1%) ortda qoldirib, qit’aning tengsiz futbolchisiga aylangandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi