Foto: 1927.kiev.ua
Volgogradning «Rotor» klubi Aleksandr Xatskevichning bosh murabbiy qilib tayinlanganini e’lon qildi.
46 yoshli belaruslik mutaxassis 12 yanvardan boshlab ishga kirishadi. Unga murabbiylar shtabida hamyurtimiz Maksim Shatskix, shuningdek, jismoniy tarbiya murabbiyi Vitaliy Shpanyuk va darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Varivonchik yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, Xatskevichning, shu jumladan uning shtabidagi Shatskixning so‘nggi ish joyi «Dinamo Kiyev» klubi bo‘lgan, shu yilning avgust oyida qoniqarsiz natijalar tufayli ular iste’foga chiqarilgan edi.
Volgoradning «Rotor» klubi Rossiyaning nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Futbol Milliy Ligasida (FML) ishtirok etmoqda. Jamoa 25 turdan keyin 52 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi