“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zining gol nishonlash uslubini qanday o‘ylab topgani haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchi odatda gol urgach burchak tomon yugurib boradi va 180 gradusga aylanib qo‘llarini yon tomonga tashlaydi va “Si” (ispanchada “Ha”) deb baqiradi.
“Birinchi marta “Si” deb “Real”da o‘ynayotganimda baqirganman. U yerda g‘alabadan so‘ng barcha shu so‘zni aytib baqirgan. Men ham uni qaytara boshladim, lekin negaligini bilmayman. Bu men uchun tabiiy edi. Mavsumga tayyorgarlik doirasida Los-Anjelesda “Chelsi” bilan o‘yin bo‘ldi. Men gol urdim va uni shu tariqa nishonladim. Mendan nega unday nishonlading deb so‘rashdi. Bilmadim, hammasi to‘satdan sodir bo‘ldi. Hamma yaxshi narsalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishini har doim ta’kidlab kelganman”, - deydi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi