
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi, ikkinchi davrada o‘z safini Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoyev singari mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirishga erishdi.
Tezkor harakatlarga ega bo‘lgan Shohruh Gadoyev “Qaldirg‘ochlar”ning bronza medallariga ega chiqishida munosib hissa qo‘shdi. Taqdirlash marosimidan so‘ng iqtidorli yarim himoyachi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Avvalo, barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman. Menimcha, mavsumni munosib yakunlab oldik. Oldimizdagi maqsadimizga erishdik. Osiyo chempionlar ligasi qiyin musobaqa, shunday bo‘lsada o‘ylaymanki “Bunyodkor” saralash va pley-offdan o‘tib keyingi bosqichga chiqa oladi. To‘g‘risini aytsam o‘zimni harakatlarimdan unchalik qoniqmadim. Chunki, ikkinchi davrada jamoaga kelgan bo‘lsam, oxirgi turgacha himoyada o‘ynadim. Koreyadagi faoliyatim davomida asosan oldingi chiziqda o‘ynagandim. Vadim Abramov esa meni himoyaga qo‘ydi. Shu sababli o‘yinimdan ko‘nglim to‘lmadi”, - dedi Shohruh Gadoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar