Superliga bahslarida ishtirok etayotgan «Surxon» jamoasi kelasi mavsumdan yangi logotip ostida harakat qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Yangi logotipda quyidagi ma’nolar aks etgan:
1. Quyosh
Surxondaryo O‘zbekistonning janubida joylashgan viloyat hisoblanadi. Tarixdan Surxondaryo - quyoshli o‘lka deb yuritilib kelingan. Yoz faslida Surxondaryoda havo - harorati anchagina issiqni tashkil qiladi. Shunga monand logotipda quyosh tasviri aks ettirilgan.
2. Tog‘lar
Surxondaryo o‘zining qadimiy tog‘lari va joylari bilan ham mashxur. «Boysun» tog‘ tizmasi, Boysun tog‘ tizmasidagi «Omonxona» bulog‘i, «Teshiktosh» g‘ori, «Dalvarzintepa», «Sangardak» va h.klar fikrimizning yaqqol dalilidir.
3. 1968
«Surxon» futbol klubi 1968 yilda tashkil etilgan. Dastlabki mavsumda jamoa «Chegarachi» nomi bilan ishtirok etgan. Keyingi to‘rt yili «Avtomobilist» nomi ostida harakat qilgan. 2009-2010 mavsumda «Dinamo-Hamkor», 2010-2011 mavsumda «Termiz» nomi ostida harakat qilgan jamoa 2012 yildan yana o‘zining qadrdon «Surxon» nomi ostida harakat qila boshladi va bugungi kunda shu nom ostida harakat qilib kelmoqda. Logotipdagi 1968 yozuvi klub aynan shu yili tashqil etilganligi bildiradi.
4. Ot tasviri
Ot tasviri ham Surxondaryo tarixiga bog‘langan. «Alpomish» dostonini o‘qimagan yoki eshitmagan o‘zbek farzandi mavjud emas. Halq og‘zaki ijodidan olingan ushbu doston nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning bir qator mamlakatlarida ham sevib o‘qiladi. Alpomish" dostoni mazmuniga oid asosiy voqealar oltoy, tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarda ertak, rivoyat, doston shaklida mavjud.
“Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi”.
«Alpomish» so‘zi ikki qismdan iborat bo‘lib, «alp» -ulkan, «pomish» - bahodir, pahlavon ma’nosini beradi.
BOYCHIBOR, Chibor — epik ot. Alpomishning xos oti, uning barcha safar va sarguzashtlarida ajralmas yo‘ldosh. Boychibor, Boybo‘rining xonazot yilqilaridan Tarlonbiyaning bolasi, epik an’ana asosida afsonaviy uchqur ot sifatida tasvir etiladi. «Alpomish» dostonida «Qo‘ltig‘ida to‘rt yarim gaz qanoti, asl tulpor ekan o‘zbekning oti», deb ta’riflanadi.
Shu va yana bir qancha faktlarga asoslanib, logotipda ot tasviri tushirilgan.
Xulosa qilib aytganda «yangi logotip» bevosita Surxondaryo tarixi bilan bog‘langan. Ushbu logotip bir qator mutaxassislar tomonidan ma’qul deb topildi.
Ushbu logotip «Surxon» jamoasining eng sodiq muxlislaridan biri, o‘zining o‘zgacha dizaynilari bilan barchaga tanilgan, Jaxongir Buriyev (“Lamir_Design”) tomonidan chizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi