Yangi yilda terma jamoalarimiz va klublarimiz bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi.
Biz OFK rasmiy sayti tomonidan taqdim etilgan 2020 yilgi taqvim bilan o‘quvchilarimizni tanishtiramiz. Dastlab bizning jamoalarimiz ishtirok etadigan musobaqalar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
8 yanvar kuni Tailanda mamlakatida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi hisob bo‘yicha 4-Osiyo chempionati boshlanadi. Unda qit’amizning eng kuchli 16ta jamoasi ishtirok etadi. Ushbu musobaqaning e’tiborli tomonlaridan biri unda Tokioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmalar ham o‘ynaladi. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi "C" guruhida Janubiy Koreya, Eron va Xitoy bilan bellashadi. Qit’a chempionati 26 yanvarga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, 2018 yil Xitoyda o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi chempionlikka erishgan edi.
9 yanvar O‘zbekiston - Eron
12 yanvar O‘zbekiston - Xitoy
15 yanvar O‘zbekiston - Janubiy Koreya
Keyingi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o‘yinlari esa 14, 21 va 28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublari ishtirok etishidan xabaringiz bor. "Lokomotiv" 21 yanvarda o‘z uyida Tojikistoning "Istiqlol" klubi bilan o‘ynaydi. Bu uchrashuv g‘olibi 28 yanvar kuni Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bilan guruh bosqichiga chiqish uchun maydonga tushadi. "Bunyodkor" esa 21 fevralda Toshkentda Iroqning "Al Zavra" klubi bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin g‘olibi 28 yanvarda BAAning "Al Ayn" klubi mehmoni bo‘ladi. O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashadi. Guruh bosqichi o‘yinlari 10 fevral kuni start oladi. Bu bosqich 6 mayga qadar davom etadi. OCHL-2020 finallari 22 va 28 noyabr kunlariga belgilangan.
16 fevraldan 8 martga qadar Turkmanistonda futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi. Terma jamoamiz "C" guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya bilan kurash olib boradi. Ushbu Osiyo chempionatida dastlabki beshta o‘rinni egallagan terma jamoalar 2020 yil Litva mamlakatida o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi Osiyo chempionatida bronza medallariga ega chiqqan edi.
2020 yilda Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham bir qator o‘yinlarda maydonga tushadi. 23 fevral kuni Dubaydagi yig‘in doirasida terma jamoamiz Belarus bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 26 mart kuni Toshkentda Armaniston terma jamoasi mehmon bo‘ladi.
31 mart sanasida esa futbolchilarimiz JCH-2022 saralashi doirasida Bahraynda Yamanga qarshi maydonga tushishadi. 4 iyun kuni O‘zbekiston mundial saralashi doirasida o‘z maydonida Singapurni qabul qiladi va 9 iyunda safarda Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.
Shu yilning o‘zida JCH-2022 saralashi so‘nggi bosqichining dastlabki 5ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu bahslar 3 sentabr, 8 sentabr, 13 oktabr, 12 noyabr va 17 noyabr kunlariga belgilangan.
5-15 avgust kunlari futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ammo hozirga qadar bu safargi musobaqaga qaysi davlat mezbonlik qilishi ma’lum emas. Unda O‘zbekistonning 2019 yildagi chempioni AGMK klubi ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, AGMK 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham qatnashgan va yakunda to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.
12 sentabrdan 4 oktabrga qadar Litvada futzal bo‘yicha Jahon chempionati tashkil etiladi. Unda dunyoning eng kuchli 24ta terma jamoasi ishtirok etadi. Osiyo qit’asidan ushbu mundialda yuqorida yozganimizdek 5ta jamoa qatnashadi.
16 sentabr - 3 oktabr kunlari o‘smirlar o‘rtasidagi U-16 Osiyo chempionati final bosqichi o‘tkaziladi. Bahrayn mamlakatida o‘tadigan musobaqada Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ishtirok etadi. Hozircha ushbu musobaqaga qur’a tashlanmagan. U-16 Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan to‘rtta jamoa 2021 yil Peru mamlakatida o‘tadiga U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
14-31 oktabr kunlari yoshlar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Hozircha chempionatga qur’a tashlanmagan. U-19 Osiyo chempionatida Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qatnashadi.
16-25 noyabr oralig‘ida futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatiga saralash bahslari o‘tkaziladi[/b]. Jamoalar 2021 yilda o‘tadigan qit’a chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurashishadi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oldingi qit’a chempionatiga chiqa olmagan edi.
2019 yilda bizning jamoalar qatnashmaydigan ikkita musobaqa ham o‘tkaziladi.
[b]3-9 fevral kunlari Tokio mezbonlik qiluvchi Olimpiada o‘yinlarining so‘nggi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda KXDR, Janubiy Koreya, Vetnam, Myanma, Avstraliya, Xitoy, Tailand va Xitoy Taypei terma jamoalari ikkita yo‘llanma uchun kurash olib borishadi. O‘zbekiston olimpiyachilari 2019 yil aprel oyida Toshkentda bo‘lgan ikkinchi saralash bosqichida Vetnam bilan bir guruhda bo‘lib ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanishgan edi.
2-21 noyabr oralig‘ida Hindistonda ayollar o‘rtasidagi U-17 Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mundialda Osiyo qit’asidan mezbon sifatida Hindiston, Yaponiya va KXDR terma jamoalari ishtirok etishadi.
2020 yilgi musobaqalar ro‘yxati
TYERMA JAMOALAR
8-26 yanvar - U-23 Osiyo chempionati
16 sentabr - 3 oktabr - U-16 Osiyo chempionati
14-31 oktabr - U-19 Osiyo chempionati
FUTZAL
16 fevral - 8 mart - Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
2-12 iyul - Futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
5-16 avgust - Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
12 sentabr - 4 oktabr - Futzal bo‘yicha Jahon chempionati
16-25 oktabr - Futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati saralashi
AYOLLAR FUTBOLI
3-9 fevral - 2020 Olimpiada saralashi final bosqichi
2-21 noyabr - Ayollar o‘rtasidagi U-17 Jahon chempionati
Narzulla Saydullayev tayyorladi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?