
42 yoshli Li Te Xitoy terma jamoasining yangi ustoziga aylandi, deya xabar bermoqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi.
U qoniqarsiz natijalari uchun iste’foga chiqarilgan Marchello Lippining o‘rnini egalladi.
Li Te futbolchilik faoliyati davomida Angliyaning “Everton”, “Sheffild” hamda Xitoy bir qator klublari safida harakat qilgan va mamlakat termasi libosida 90ga yaqin uchrashuvda maydonga tushdi.
U murabbiylikni 2012 yil boshlagan bo‘lib, 2018 yildan “Uxan Chjoer” (Xitoy) jamoasini ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Xitoy milliy jamoasi JCH-2022 saralashining “A” guruhida 7 tur oldidan 7 ochko bilan Suriyadan keyin 2-o‘rinda bormoqda.
Li TeXitoy Terma JamoasiYangi UstozFutbolchilik FaoliyatiUxan ChjoerJCH-2022 Saralash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar