BAA poytaxti Abu Dabida yangi mavsumning dastlabki xorij yig‘inini o‘tkazayotgan "Lokomotiv" yig‘inning ikkinchi kunida ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazdi.
Ertalabki mashg‘ulot to‘liq maydonda kechgan bo‘lsa, kechki payt futbolchilar dastlab trenajyor zalida shug‘ullanishdi, so‘ngra yana maydonga chiqildi. Bugun jamoa tarkibiga yana bir yangi futbolchi kelib qo‘shildi. Rossiyalik taniqli hujumchi Pavel Pogrebnyakning kenja ukasi Kirill Pogrebnyak "temiryo‘lchilar" bilan shartnoma imzolab, jamoamiz mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Kirill Pogrebnyak ham akasi Pavel kabi hujum chizig‘ida to‘p tepadi. "Loko" mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor hozircha jismoniy yuklamalar, shuningdek to‘p bilan ishlashga qaratilmoqda. Ma’lumki, qishki yig‘inda futbolchilarning jismoniy holatini bir maromga keltirish muhim hisoblanadi.
Mashg‘ulotlarda barcha ter to‘kib mehnat qilmoqda. O‘z navbatida murabbiylar ham jamoani yangi mavsumga jiddiy tayyorlash uchun mashg‘ulotning turli usullarini futbolchilarga o‘rgatishyapti.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum "Loko" uchun 21 yanvardan boshlanadi. Shu kuni "temiryo‘lchilar" o‘z uylarida Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubini qabul qilishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?